2 kundan keyin CEFR imtihonlari boshlanadi
06.04.2023 11:39

O’qi. "Registon" bilan o’zgartir!– Registon ta'lim loyihasi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
- Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Xotin-qizlarga oliygohga kirish uchun imtiyoz berilmoqda
13.05.2023 10:33
CEFR imtihoni haqida gaplashamiz
12.05.2023 17:51