Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?

25-may 21:31
90
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga beriladi

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

✅ Oliy ta’lim muassasalariga (harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) kiruvchilar uchun qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.

- Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha belgilanadi.

- Tavsiyanomaga ega abituriyentlar alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

- Alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib o‘qishga kira olmagan abituriyentlar, umumiy tanlovda ishtirok etib o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi.

✅ Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun esa abituriyentlarga to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi (misol uchun, abituriyent test sinovida 120 ball to‘plasa, unga 60 ball qo‘shib beriladi).

Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining namunaviy shakli: