Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev talabalarga qanday imtiyozlar bermoqchi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida aytib o‘tdi. Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga qo‘llanilar edi.
Bu degani, agar kelgusida ushbu qaror kuchga kirsa, talaba xotin-qizlarning kontrakti uchun aka-ukasi, qaynota yoki qaynonasi, tog‘asi yoki amakisi, xullas kim to‘lashidan qatʼi nazar, barchaga daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanadi. Jaydari tilda aytganda kontrakt to‘lagan summasidan 12 foiz qaytarib beriladi.
Shuningdek “Qoraqalpog‘istonda oliy taʼlim qamrovi kelgusi yilning o‘zida 50 foizga yetkaziladi. Buning uchun, chet ellarda o‘qiyotgan yoshlarimizning o‘qishini yurtimiz oliygohlariga davlat granti asosida ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz” — dedi prezident.