Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Ingliz tilidan imtiyoz beradigan sertifikatlar tasdiqlandi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Ingliz tilidan imtiyoz beradigan sertifikatlar tasdiqlandi

Ingliz tilidan imtiyoz beradigan sertifikatlar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 3515-sonli qarori (29.05.2024) ga asosan, ingliz tili bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur qarorga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishida imtiyozli hisoblanadigan sertifikatlar quyidagilardir:

  • Milliy sertifikat – B2 daraja
  • IELTS – 5.5 va undan yuqori
  • TOEFL IBT – 72 va undan yuqori
  • FCE (First Certificate in English) – 160 ball va undan yuqori

Mazkur sertifikatlarga ega abituriyentlar ingliz tili fani bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi.

Qaror bilan batafsil tanishish uchun lex.uz hamda rasmiy e’lon manbalaridan foydalanishingiz mumkin.