Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Alfraganus University: manzil, ta’lim yo‘nalishlari va aloqa

⚡️ ALFRAGANUS UNIVERSITY — kelajagingizni zamonaviy ta’lim bilan boshlang!

🇺🇿 ALFRAGANUS UNIVERSITY — O‘zbekistonning innovatsion va zamonaviy universitetlaridan biri bo‘lib, bugungi mehnat bozori talablariga mos, kuchli mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Universitet nafaqat sifatli ta’lim, balki xalqaro darajadagi imkoniyatlar, zamonaviy muhit va amaliy tajribani ham taqdim etadi. Uning Iqtisod, Filologiya, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Tibbiyot, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm fakultetlari va ular tarkibida 37 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 10 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi.

Alfraganus universiteti dunyoning 20 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan ayni kunlarda Amerika, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda. Universitetda bir martalik rektor stipendiyasi hamda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi, ko‘krak nishoni taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi. 

🎓 Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar, zamonaviy o‘quv dasturlari va innovatsion yondashuv asosida ta’lim beriladi. Har bir talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olib, real amaliyot bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

ALFRAGANUS UNIVERSITY’ning asosiy ustunliklari:— Zamonaviy kampus va texnologik infratuzilma— Xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimi— Kuchli amaliyot va industriya bilan integratsiya— Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari— Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhiti

🚀 ALFRAGANUS UNIVERSITY bitiruvchilari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham raqobatbardosh kadr sifatida shakllanadi. Universitetning kuchli hamkorlik tarmog‘i va professional muhiti talabalar uchun katta karyera imkoniyatlarini yaratadi.