Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti kirish ballari 2024

OTM haqida

Universitet haqida :

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 yildagi «Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 516-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining quvvati 450 o‘rnli o‘quv binosi, 300 o‘rinli faollar zali, 450 o‘rinli talabalar turar joyi, va 60 o‘rinli 35200 fondli Axborot resurs markazi mavjud. Institutda dastlab Iqtisodiyot va qurilish fakulteti va Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar va amaliy va matematika, informatika kafedralari faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda Iqtisodiyot va Arxitektura va qurilish fakultetlarida O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Buxgalteriya xisobi, Qurilish muxandisligi va Arxitektura va qurilish kafedrasi 112 nafar Professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Institutda quydagi mutaxassisliklar mavjud

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bank ishi va auditi

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Arxitektura (turlari bo‘yicha)

Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)

7 ta mutaxassislikda 2125  nafar talabalar bilim va malakalarini ortirib bormoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 yildagi «Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 516-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining quvvati 450 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli faollar zali, 450 o‘rinli talabalar turar joyi, va 60 o‘rinli 35200 fondli Axborot resurs markazi mavjud. Institutda dastlab Iqtisodiyot va qurilish fakulteti va Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar va amaliy va matematika, informatika kafedralari faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda Iqtisodiyot va Arxitektura va qurilish fakultetlarida O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Buxgalteriya hisobi, Qurilish muhandisligi va Arxitektura va qurilish kafedrasi 112 nafar Professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Institutda quyidagi mutaxassisliklar mavjud

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bank ishi va auditi

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Arxitektura (turlari bo‘yicha)

Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)

7 ta mutaxassislikda 2125  nafar talabalar bilim va malakalarini orttirib bormoqda. 

Joriy o‘quv yilida dastlabki qaldirg‘ochlar Oliy ta’lim muassasasini tamomlab mehnat faoliyatini olib boradilar. Bugungi kunda 2 nafar prezident stipendiyasi 1 nafar Islom Karimov va 1 nafar Al-Beruniy stipendianti mavjud Institutda Tijoratlashtirish uchun tayyor 3 ta ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqildi, loyiha qiymati  4,5 mlrd so‘mni tashkil etadi;

Hamkor tashkilot bilan qurilish yo‘nalishidagi talabalar uchun 350 mln so‘mlik ilmiy-amaliy laboratoriya tashkil etildi;

50 ta xorijiy jurnallarda maqola, jumladan yuqori reytinglarga kiruvchi jurnallar (Scopus)da 15 ta va respublika jurnallarida 150 ta maqolalar nashr etilgan; 

Xorijiy oliygohlarning 1 nafar professor-o‘qituvchi jalb qilingan. 

Bugungi kunda 14 davlatning 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda

Qabul talablari :

BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.

Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.

Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.

Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.

I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Arxitektura

60730100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
75.8
65.1

Bank ishi

60410600 / Matematika / Chet tili

-
-
-
149.4
97.7

Buxgalteriya hisobi

60410200 / Matematika / Chet tili

-
-
-
143.8
97.5

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

60730600 / Matematika / Fizika

-
-
-
71.4
57.2

Iqtisodiyot

60410100 / Matematika / Chet tili

-
-
-
152.3
111.4

Materialshunoslik

60720300 / Kimyo / Matematika

-
-
-
69.5
56.7

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60410500 / Matematika / Chet tili

-
-
-
158.5
94.8

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi

60730400 / Matematika / Fizika

-
-
-
69.5
56.7

Qurilish muhandisligi

60730300 / Matematika / Fizika

-
-
-
68.2
56.7

Yoʻl muhandisligi

60730500 / Matematika / Fizika

-
-
-
68.7
56.7