Andijon mashinasozlik instituti
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ‑1533 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to’g’risidagi 2011 yil 25 iyuldagi 214 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319 sonli buyrug’iga binoan Andijon muxandislik‑iqtisodiyot instituti negizida Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.
Andijon mashinasozlik institutida hozirgi kunda 5 ta fakultet mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
- Avtomatika va elektrotexnika fakulteti.
- Avtomobilsozlik fakulteti.
- Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti.
- Transport va logistika fakulteti.
- Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti.
Bugungi kunga kelib, institutdagi mavjud “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Avtomobilsozlik”, “Transport va logistika” hamda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” fakultetlari negizida 16 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda. O’quv jarayonlari mavjud 18 ta kafedra asosida tashkil etilgan.
Avtomobil servisi
5620600
Avtomobilsozlik va traktorsozlik
5310500
Biotibbiyot muhandisligi
5313000
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo`yicha)
5230900
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo`nalishlar bo`yicha)
5310200
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha)
5310700
Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo`yicha)
5312500
Energoaudit va sanoat korxonalarning energetik tekshiruvi
5312100
Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
5330200
Intellektual muhandislik tizimlari
5312700
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
5230100
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
5320200
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo`yicha)
5320100
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
5640200
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
5230200
Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo`yicha)
5310900
Mexatronika va robototexnika
5312600
Muqobil energiya manbalari (turlari bo`yicha)
5312400
Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo`yicha)
5620100
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo`yicha)
5311000
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo`yicha)
5320300
Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo`yicha)
5310600
Yo`l harakatini tashkil etish
5620400