Farmatsevtika texnik universiteti kirish ballari 2022
Farmatsevtika texnik universiteti (PTU)
2022-yilda ish boshlagan · Biopharma City, O'zbekiston
Asosiy ma'lumotlar
Tashkil topgan — 2020-yil 28-yanvar (Prezident Farmoni PP-4574-son).
Joylashuvi — "BioPharma City” biotexnologiya va farmatsevtika ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish xabi
Boshqaruvchi tashkilot—Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi.
Diplom beruvchi universitetlar — University of Sunderland va De Montfort University (Buyuk Britaniya), Yonsei University (Janubiy Koreya).
Kirish talablari
O'rta ta'lim — to'liq o'rta maktab attestati yoki litsey/kollej diplomi.
Ingliz tili darajasi — IELTS 5.0–5.5 ball yoki unga teng xalqaro sertifikat(ingliz tilidan milliy sertifikat).
Grant imkoniyati — eng yuqori natija ko'rsatgan abituriyentlar grant va olimpiada imtihonlari orqali davlat granti evaziga bepul ta'lim olish huquqini qo'lga kiritishi mumkin.
Nega aynan PTU?
Haqiqiy britaniya diplomi. Dasturlar University of Sunderland va De Montfort University tomonidan tasdiqlangan — bitiruvchilar Toshkentda o'qiyotgan bo'lsa ham, Buyuk Britaniyada tan olingan malaka oladi.
Janubiy Koreya programmasi va diplomi Industrial Pharmacy & Cosmetics yo'nalishining talabalari Yonsei University'da o'qishni davom ettirishi mumkin.
Davlat darajasidagi investitsiya va start-uplar qo'llab-quvvatlanadi. Kampus — o'quv binosi, sport majmuasi va AKT markazi — Janubiy Koreya EDCF moliyalashtiruvi yordamida, maxsus farmatsevtika klasterida qurilmoqda.
Ko'pchilik bakalavriat talabalari erisha olmaydigan tadqiqot imkoniyati. Purdue University, University of Dundee, DGIST va to'rt koreys universiteti alyansi (Pusan National, Yeungnam, Hanyang, Korea University) bilan aloqalar.
Dasturlar
Farmatsiya — Integratsiyalashgan magistratura (MSci), De Montfort University (Buyuk Britaniya) ning diplomini taqdim etadi.
Biokimyo — Bakalavriat, University of Sunderland (Buyuk Britaniya)ning diplomini taqdim etadi.
Biotibbiyot tadqiqotlari — Bakalavriat, University of Sunderland (Buyuk Britaniya)ning diplomini taqdim etadi.
Sanoat farmatsiyasi va kosmetika — Bakalavriat, Yonsei University (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda yo'nalishni taqdim etadi va oxirgi yilni Yonsei Universitetda davom ettirish imkoniyatini beradi.
Biznesni boshqarish va data analitika — Bakalavriat, De Montfort University (Buyuk Britaniya)ning diplomini taqdim etadi, AACSB akkreditatsiyasiga ega
Xalqaro Foundation (Tayyorlov) dasturi — Tayyorlov yili, yuqoridagi bakalavriatlar va MSci Farmatsiya dasturlariga kirish yo'li
CPD qisqa kurslari — Kasbiy rivojlanish dasturlari, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan.
Global hamkorlar tarmog'i
Diplomni tasdiqlovchi hamkorlar (Buyuk Britaniya): University of Sunderland · De Montfort University Yonsei University (Janubiy Koreya)
Tadqiqot hamkorlari: Purdue University (AQSh) · University of Dundee (Buyuk Britaniya) · DGIST (Janubiy Koreya) · Pusan National, Yeungnam, Hanyang va Korea University alyansi
Yozgi maktablar: Shenyang Pharmaceutical University va HE University (Xitoy) DGIST (Janubiy Koreya) University of Sunderland · De Montfort University Yonsei University (Janubiy Koreya)
2027 yildan boshlab yangi dastur: Imperial College London · Munich Texnika Universiteti · UCL · Queen's University Belfast · Nanyang Technological University
Kampus va talabalik hayoti
Kampus «Biopharma City» klasterida joylashgan — noldan qurilgan, EDCF ko'magida. Talabalarga barcha qulayliklarni, shuningdek, talabalar klublari, uyushma va farovonlik xizmatlari taqdim etiladi.
