Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kirish ballari 2021

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan.

Universitet quyidagi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq

yo‘nalishlarida yuqori saviyadagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydigan tayanch oliy ta’lim muassasasidir.

JIDU FAKULTETLARI:

  • Xalqaro munosabatlar;
  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro huquq.

Hozirda universitet tuzilmasida 3 ta fakultet - “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro huquq” “Xalqaro munosabatlar” va 18 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitet fakultetlari tizimida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

  • Xalqaro munosabatlar kafedrasi
  • Siyosatshunoslik kafedrasi
  • Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
  • Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
  • Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
  • Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi 
  • Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi

Undan tashqari “Til ta’limi markazi”da quyidagi kafedralar mavjud:

  • O‘zbek va rus tillari kafedrasi 
  • Ingliz tili kafedrasi
  • Roman-German tillari kafedrasi 
  • Sharq tillari kafedrasi

Universitet tuzilmasida quyidagilar mavjud:

  • Diplomatik akademiya
  • Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti
  • Oliy boshqaruv ta’limi
  • Til ta’limi markazi
  • Axborot resurs markazi
  • JIDU akademik litseyi

JIDU YOTOQXONASI:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo‘lib, 800 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba isteqomat qiladi. 98 ta akademik litsey o‘quvchilari.

Yotoqxona bo'yicha murojaatlar uchun: (371) 267-05-68

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Siyosatshunoslik

5210300 / Tarix / Chet tili

30
3
27
182.7
164.85

Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

5233500 / Matematika / Chet tili

60
6
54
184.8
169.05

Xalqaro munosabatlar

5121100 / Huquq / Chet tili

15
6
9
186.9
180.6

Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

5240107 / Tarix / Chet tili

45
3
42
189
173.25