Milliy rassomlik va dizayn instituti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi "O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida"gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi.
Bugungi kunda sohalari bo‘yicha tayyorlanayotgan yuqori malakali mutaxassislar, grafika, rangtasvir, haykaltarosh, kulol, ta’mirlash bo‘yicha mutaxassislar, dizaynerlar, san’atshunoslar, muzeyshunoslar, art-menejer va kasbiy pedagoglar mamlakatimizdagi turli jabhalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Institutda 4 ta (Tasviriy san’at, Amaliy san’at, San’atshunoslik, Dizayn) fakulteti, 17 ta (Dastgohli rangtasvir, Mahobatli rangtasvir, Teatr bezagi rangtasviri, Dastgoh va kitob grafikasi, Badiiy kulolchilik, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, Haykaltarosh, Reklama va amaliy grafika, Chizmatasvir, Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi, Muzeyshunoslik, Menejment va informatika, Libos dizayni, Intererni loyihalash, Pedagogika va kasbiy ta’lim, Ijtimoiy fanlar, Tillar va adabiyot) kafedra hamda Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
FAKULTETLAR
Dizayn fakulteti
Amaliy san’at fakulteti
Tasviriy san’at fakulteti
San’atshunoslik fakulteti
Amaliy sanat: amaliy san'at asarlari
5151203
Amaliy sanat: badiiy kulolchilik
5151201
Amaliy sanat: memoriy yodgorliklar bezagi
5151202
Dizayn: interyerni loyihalash
5150903
Dizayn: libos va gazlamalar
5150904
Dizayn: reklama va amaliy grafika
5150902
Dizayn: sanoat dizayni
5150905
Grafika: dastgoh va kitob grafikasi
5151001
Grafika: xattotlik va miniatura
5151002
Haykaltaroshlik: mahobatli
5151101
Kasb ta'limi: tibbiy pedagogik ish
5111003
Menejment (art menejment va galereya ishi)
5230207
Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm
5151902
Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va ta'mirlash
5151901
Professional taʼlim: amaliy sanʼat (amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash)
5111001
Professional taʼlim: dizayn (libos va gazlamalar)
5111004
Professional taʼlim: rangtasvir (dastgohli)
5111006
Rangtasvir: dastgohli
5150801
Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi
5150804
Rangtasvir: mahobatli rangtasvir
5150802
Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi
5150805
Rangtasvir: teatr-bezak rangtasviri
5150803
San’atshunoslik (turlari boyicha)
5150200