O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kirish ballari 2025
Kirish ballari va qabul kvotalari
Mutaxassislik
Kirish ballari
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (1999-2018 yillarda — Toshkent islom universiteti) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi.
2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekish orqali ushbu sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu Farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilishi belgilandi.
Akademiya TTJsida istiqomat qiluvchi talabalarning vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, ularning madaniy xordiq chiqarishlarini ta’minlash yuzasidan 450 dan ortiq badiiy adabiyot, 800 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 30 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan Akademiya ARMining filiali hamda Ma’naviyat-ma’rifat xonalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda talabalar fan va badiiy adabiyotlarni o‘qishib, turli ma’naviy musobaqalar, viloyatlarning urf-odat va an’analarini namoyish etuvchi “Viloyat haftaliklari” o‘tkazishadi. Shu bilan birga, TTJga Respublikamizning taniqli olimlari sharqshunos olimlari (professor Ubaydulla Uvatov, professor Ahadjon Hasanov), dindorlar (Shayx Abdulaziz Mansur, Anvar qori Tursunov, Rahmatullo qori Sayfuddinov va boshq.), adabiyotshunoslar (Tohir Malik va boshqalar), shoirlar (Bobur Bobomurod, Iqbol Mirzo va boshq.), kino aktyorlari (Jumadulla Rametov, Dilnoza Kubayeva va boshqalar) bilan davra suhbatlari uyushtirilib boriladi.
Shu bilan birga, Akademiya professor-o‘qituvchilarining TTJda navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan ham muntazam ravishda suhbatlar uyushtirilgan bo‘lib, ularda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ustozlar o‘zlarining hayot tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berib kelishmoqda.