Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali haqida umumiy ma'lumot:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali fakultetlari:
- Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti
- Konchilik ishi fakulteti
- Energetika va mashinasozlik fakulteti
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali kafedralari:
- METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Metallurgiya kafedrasi
- Kimyoviy texnologiya kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Kimyo va fizika kafedrasi
- Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Konchilik ishi kafedrasi
- Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
- ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
- Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI
- Matematika va informatika kafedrasi