Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kirish ballari 2022

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-91-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar boʻlib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali fakultet va kafedralari:

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti

  • Telekommunikatsiya injiniringi
  • Axborot taʼlim texnologiyalari
  • Xorijiy tillar

Kompyuter injiniringi

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

  • Dasturiy injiniringi
  • Axborot xavfsizligi
  • Oʻzbek tili va gumanitar fanlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali ta'lim yo'nalishlari:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • AKT sohasida kasb ta’limi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo’yicha)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali yotoqxonasi (TTJ):

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari