Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali kirish ballari, qabul kvotalari

Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14-iyundagi 130-son "Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005-yil 23-iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filial tarkibida bitta "Kompyuter injiniringi" fakulteti faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot ta’lim texnologiyalari", "Tabiiy va umumkasbiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud bo`lib, ularda 56 nafardan ziyod professor-o`qituvchilar talabalarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Mandat 2022 natijalarini @Oliygoh_mandat_bot orqali tezkor bilib oling!

Mandat 2022

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

5350400 / Matematika / Fizika

25
7
18
79.8
61.95

Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

5330501 / Matematika / Fizika

25
5
20
100.8
65.1

Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)

5350101 / Matematika / Fizika

25
7
18
79.8
66.15