Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali kirish ballari 2024

Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.Belgilansinki, Filial Toshkent davlat agrar universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish;xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida Filialning professor-o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarining malakasini oshirish va stajirovkalarini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish;kafedralar ixtisosligi bo‘yicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va to‘garaklarni, shuningdek, “Yosh olimlar klubi”ni (Young Scholars Club) tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga o‘qishga va stajirovkaga yuborish;o‘quv va boshqaruv jarayonini tashkil va nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy qilish, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun masofaviy o‘qitish shaklini tatbiq etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratish;zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalarning mustaqil o‘quv va amaliy faoliyatini (keys-stadi, kouching va boshqalar) rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish;kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarning bajarilishini rag‘batlantirib borish;xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim (double degree) dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;istiqbolli yosh bitiruvchilarni respublika va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning magistratura va doktoranturasiga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

3. Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida 2020/2021 o‘quv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlashning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Filialga talabalar respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida amalga oshiriladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish, bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qishni hamda haftaning shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Filialning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash;Filialni oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;Filial professor-o‘qituvchilarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini ta’minlash;Filialda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;islohotlarning hozirgi bosqichiga hamohang tarzda yangi avlod darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari turkumini xorijiy olimlar, oliy ta’lim va agrar sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash hamda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;Filialning axborot-resurs markazini o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;xalqaro moliya institutlarining grantlari;Oldingi tahrirga qarang.qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

7. Belgilab qo‘yilsinki:2020/2021 o‘quv yilida Filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va samarali faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari hamda xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan amalga oshiriladi;Filialni saqlash xarajatlari 2020-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2021-yildan boshlab mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratiladi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari va inshootlari, o‘quv-laboratoriya jihozlari va yotoqxona mebellarini Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

9. Samarqand viloyati hokimligi:Filialga boshqa hududlardan ishga qabul qilinadigan professor-o‘qituvchilarni Filialda faoliyat yuritgan davrda turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda talabalarning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarini, professor-o‘qituvchilarning hamda ilmiy tadqiqotchilarning dala tajribalari va ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida “Axborot maslahat markazi”ni (Extension center) tashkil etish uchun 50 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Agrokimyo va tuproqshunoslik

60810200 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
97.4
87

Agronomiya

60810400 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
81.9
74.5

Axborot tizimlari va texnologiyalari

60610100 / Matematika / Fizika

-
-
-
100.5
62.1

Biznesni boshqarish

60410900 / Matematika / Chet tili

-
-
-
133.7
71.2

Buxgalteriya hisobi

60410200 / Matematika / Chet tili

-
-
-
137.7
74.8

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

60811100 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
113
84.9

Iqtisodiyot

60410100 / Matematika / Chet tili

-
-
-
152.1
70.6

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

60811000 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
74.5
70.5

Oziq-ovqat texnologiyasi

60720100 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
69.2
56.8

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish

60820100 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
73.4
66.5

Oʻsimliklar himoyasi va karantini

60810500 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
68.2
57

Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi

60810600 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
77.6
69.4

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

60810100 / Matematika / Fizika

-
-
-
77.9
56.9

Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

60810700 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
70.6
57.7

Turizm va mehmondoʻstlik

61010100 / Tarix / Chet tili

-
-
-
138.5
85.4