Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti kirish ballari, qabul kvotalari

Toshkent viloyati maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tarbiyachilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ayniqsa aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining takliflariga muvofiq 2017-yilning 27-iyul sanasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

 

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Boshlang‘ich ta’lim

5111700 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

25
5
20
99.75
76.65

Maktabgacha ta’lim

5111800 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
89.25
69.3

Ona tili va adabiyot: tojik tili va adabiyot

5111308 / Tojik tili va adabiyoti / Tarix

25
5
20
106.05
74.55
IELTS imtihonlariga Professional ustozlarning IELTS videodarslari bilan BEPUL tayyorlaning.
– Registon o‘quv markazi