100% Scholarship Award: Immerse Xalqaro Insholar Tanlovi
Muddati:
31.08.2022
Davlat:
Buyuk Britaniya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Tanlovlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
“Immerse Education” Insholari Tanlovi dunyoning istalgan davlatidan 13-18 yoshdagi maktab/litsey/kollej o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan fan bo‘yicha oldindan berilgan savolga insho javoblarini yuborish imkoniyatini beradi. 10 Nafar G‘olib 100% Stipendiyaga ega bo‘ladi, ikkinchi o‘rin ham mukofotlanadi.
Muhim sanalar:
- 16.03.2022 dastur uchun qabul ochiladi;
- 31.08.2022 dastur uchun qabul tugaydi;
- 01.10.2022 barcha natijalar e’lon qilinadi;
Eslatma: Insholar 2 kategoriyaga ko‘ra o‘zgaradi. Ya’ni 13-15 yoshdagilar uchun shuningdek 16-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun esa insho mavzisini bu yerdan (list of essay topics) bilib oling.
Dasturda qatnashishning manfaatli jihatlari:
- 1-o‘rin g‘oliblari (10nafar) 100% grant sohibi bo‘lishadi ya’ni Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to‘lovi uchun 100% chegirmani qo‘lga kiritadi.
- 2-o‘rin sohiblari esa ushbu yozgi maktab uchun 70% chegirmaga egasiga aylanishadi aylanishadi.
- Odatda nomzodlarning taxminan 7 foizi Immerse dasturida qatnashish uchun stipendiyaga ega bo‘lishadi;
- Borib kelish xarajatlari qoplab berilmaydi;
Yozgi maktabda quyidagilar ta’minlanadi:
– Kembrij yoki Oksford universitetining markaziy kollejida 13 kechalik turar joy;
–Kollej zalida nonushta va kechki ovqat;
– Yakka tartibdagi yotoqxonada joylashish;
– Oksford universiteti va Kembrij universiteti repetitorlari tomonidan 40 soatlik akademik mashg‘ulotlar;
– O‘quv va ma’ruza materiallari;
- Mentor dasturi va yordamchi materiallarga kirish;
- Barcha ekskursiyalar - Kembrij kollejlarida rasmiy kechki ovqat;
- Kompleks sug‘urta;
- Oksfordga sayohat, shu jumladan 2 murabbiy ekskursiyasi;
- Bitiruv marosimi va sertifikat;
- Repetitorning yozma bahosi;
Batafsil ma’lumotlar shuningdek o‘zingizni qiziqtirgan tez tez so‘raladigan savollar (FAQ) yuzasidan ushbu rasmiy sayt orqali batafsil tanishib chiqing.