Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

14-30 yoshli fuqarolar uchun Innovatsion g‘oyalar ko‘rik tanlovi. Mukofotlar: noutbuk, smartfon.....

2.11.2021 22:56
14-30 yoshli fuqarolar uchun Innovatsion g‘oyalar ko‘rik tanlovi. Mukofotlar: noutbuk, smartfon.....

Muddati:

08.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:
Toshkent shahrida yashaydigan, ishlaydigan yoki o‘qiydigan 14-30 yoshli fuqarolar uchun Innovatsion g‘oyalar ko‘rik tanlovi!

Tanlovda quyidagi sohalardan biri bo‘yicha qatnashish mumkin:

1. Ishlab chiqarish va mahsulot samaradorligi innovatsiyasi
2. Texnologiya innovatsiyasi
3. Biznes modeli innovatsiyasi
4. Marketing / Savdo Innovatsiyasi 5. Elektro-tarmoqlar innovatsiyasi

Mukofotlar:
- 1-o‘ringa noutbuk.
- 2-o‘ringa televizor.
- 3-o‘ringa smartfon.
- Finaldagi barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar va sertifikat.

Tanlovda qatnashishni xohlovchilar:
- F. I. O., yashash manzili, tug‘ilgan yil, oy, kun;
- O‘z loyihasi haqida qisqacha ma’lumot, rasmlar;
- Hozirgi kunda qayerda faoliyat olib borayotgani (ish, o‘qish joyi)
haqida ma’lumotni @syndzia telegram akkauntiga yuborishi kerak.

Loyihalarni 8-noyabrgacha topshirish mumkin. Saralash bosqichidan o‘tgan ishtirokchilar tanlovning 11-noyabrda bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga taklif etiladi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu telegram kanaldan olishingiz mumkin

Teglar