Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2-mutaxassislik imtihoni qachon bo‘ladi? Bilishingiz kerak bo‘lganlar

15-avgust 11:42
2-mutaxassislik imtihoni qachon bo‘ladi? Bilishingiz kerak bo‘lganlar

Bu yil 2-mutaxassislik ta’lim turiga qabul jarayoni 10-avgust kuni tugagan. Endi imtihonlar qachon bo‘lib o‘tishini har bir oliy ta’lim muassasasi (OTM) o‘z xususiyatlariga qarab mustaqil ravishda belgilaydi. Bu imtihonlar shakli, baholash mezonlari va o‘tkazish muddatlari har bir OTM kengashi tomonidan aniqlanadi va tegishli qarorga muvofiq, har yili 1-iyulgacha oliy OTMlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Abituriyentlar https://lex.uz/en/docs/-5657199 manzilidagi qonunchilikka ko‘ra, o‘zlari hujjat topshirgan OTM bilan aloqada bo‘lib, imtihon sanalari va o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot olishlari kerak. Shuningdek, yakuniy natijalar 30-avgustgacha e’lon qilinishi talab etiladi, shuning uchun barcha jarayonlar bilan tanishib borish muhim.

Bu imtihonlar orqali abituriyentlar o‘zlarining 2-mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishadi va o‘z ta’lim yo‘lini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.