Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-yilda kvota OTMga taqsimlanmaydi. Bu nima degani?

29-iyun 17:01
2024-yilda kvota OTMga taqsimlanmaydi. Bu nima degani?

Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Bu nima degani?

X.Xudoyberdiyevning tushuntirishicha, endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Yangi tizimning afzalliklari

Kvota taqsimoti:

  • Davlat grantlari yo‘nalish bo‘yicha ajratiladi, shuning uchun respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari grantga kiradi, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar.
  • Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Cheklovlar:

  • Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.

Xulosa

Yangi tizim bo‘yicha davlat grantlari universitetlarga emas, balki yo‘nalishlarga ajratiladi. Bu tizim abituriyentlarga ko‘proq imkoniyat yaratadi va kvotalarni adolatli taqsimlashga xizmat qiladi.