Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlar uchun rasmiy 41 imtiyoz turi e’lon qilindi

10-aprel 17:27
Abituriyentlar uchun rasmiy 41 imtiyoz turi e’lon qilindi

Oʻqishga kirishda 41 turdagi imtiyoz mavjud

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-sonli bayoni asosida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi rasmiy imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlandi. Imtiyozlar abituriyentning ijtimoiy holati, kasbiy yutuqlari yoki qonunchilikdagi alohida toifaga mansubligiga qarab beriladi.

Imtiyozlar qanday turlarga bo‘lingan?

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul (15 ta imtiyoz) Masalan:

  • Harbiy xizmatda halok bo‘lganlar farzandlari

  • Xalqaro olimpiada g‘oliblari

  • "Zulfiya", "Nihol", "Mard o‘g‘lon" mukofoti sohiblari

2. Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul (4 ta imtiyoz) Masalan:

  • Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablar bitiruvchilari

  • Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar

3. Ma’lum fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib ball berish (5 ta imtiyoz) Masalan:

  • Chet tili bo‘yicha sertifikati borlarga maksimal ball

  • Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari

4. Qo‘shimcha ball berish asosidagi imtiyozlar (2 ta imtiyoz) Masalan:

  • “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari

  • Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilari

5. Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok (12 ta imtiyoz) Masalan:

  • Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar

  • Chin yetimlar

  • Harbiylar, ichki ishlar, bojxona, gvardiya xodimlari farzandlari

6. Boshqa qo‘shimcha imtiyozlar (3 ta imtiyoz) Masalan:

  • “Zakovvat” intellektual o‘yini g‘oliblari

  • Adliya texnikumi bitiruvchilari

📄 To‘liq reyestr: “Davlat OTMlariga kirish uchun imtiyozlar reyestri” PDF hujjatida keltirilgan Imtiyozlar reyestri.pdf