Abituriyentlarga qiynayotgan savollarga javoblar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?
✅ JAVOB: yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.
Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
✅ JAVOB: Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog‘ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya.
Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
✅ JAVOB: Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.
Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.
O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
✅ JAVOB: yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.