Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimiga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

5.07.2020 21:35
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimiga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.
SAT'ni videodarslar orqali Professioanl ustozlardan BEPUL o'rganing
– Registon o‘quv markazi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.

Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:

  • 1-qadam: Parol kiritiladi va akkauntni o‘chirish tugmasi bosiladi.
  • 2-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.

Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.

Akkaunt o‘chirilganda:

  • Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;
  • Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.

Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Davlat test markazi matbuot xizmati