Agar o‘qishga kira olmasa tushkunlikka tushmaslik uchun nima qilish kerak?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ko‘pincha o‘qishga kira olmaganlar depressiyaga tushib qolishadi. O‘qishga topshirayotgan yoshlarga aytardimki, inson bor imkoniyatlarini faqat bitta narsaga tikmasligi kerak. Bizdagi ko‘plab abituriyentlarning xatosi, imkoniyatini faqatgina bitta narsaga sarflaydi. Shuning uchun o‘qishga kirishni juda muhim deb hisoblaydi.
Inson hayotda nimaning muhimligini oshirsa o‘sha narsadan kaltaklanadi, ozorlanadi. O‘qish muhim, ammo hayotni faqat universitetga kirish bilan baholamasdan boshqa rejalarni ham tuzib qo‘yishi kerak. Misol uchun, agar men bu yil tibbiyot universitetiga topshira olmasam yoki kira olmasam, keyingi bir yilda nima bilan shug‘ullanishim mumkin? Bu savolga javobni abituriyent test imtihoniga kirmasdan oldin o‘ylab qo‘yishi kerak.
Keyingi yil yana qayta tayyorlanishi mumkin. Yoki ishlab, o‘qishi mumkin. IELTS ga tayyorlanishi va bu yilga boshqa ulkan maqsadlarni oldiga qo‘yishi mumkin. Mana shunday 2, 3 ta rejani o‘zining oldiga belgilab olish lozim. Shunda ayni narsaning muhimligi tushadi.
Demak, bu narsaga erisha olmasam ikkinchi yo‘lim ham bor, u ham bo‘lmasa uchinchi yo‘lim bor. Aynan mana shunday bir qancha variantlarning borligi birinchi qo‘yilgan maqsadning muhimligini sal tushiradi. Hayotda nimaning muhimligini biz tushunadigan bo‘lsak, u bizga yana-da tezroq kelishni boshlaydi.
Bu dunyo balansli yaratilgan. Tarozining ikki pallasi bor. Ikkisi ham teng. Biz biron narsani muhim hisoblaganimizda tarozining bir pallasiga og‘irlik tushadi va ikkinchisi ko‘tariladi. Misol uchun, biron bir universitetga kirish holatida ko‘radigan bo‘lsak, “Men universitetga kirishim kerak. Kirmasam bo‘lmaydi. Agar kira olmasam nima degan odam bo‘laman?” Abituriyent qanchalik shunaqa fikrlay boshlasa, tarozining bir pallasi og‘irlashib boradi – pastga tushadi, ikkinchisi esa tepaga ko‘tariladi.
O‘qishga kira olmagan vaqtda qanchalik pastga tushgan tarozi pallasining birdan tenglashganini tasavvur qiling. Bunaqa tenglashishda esa odam umidsizlikka tushib qoladi. Hamma narsadan sovib ketadi. Eng yomoni o‘ziga bo‘lgan ishonchi tushadi. Inson kuchli depressiya holatiga tushib qoladi. Chunki u hayotda aynan mana shu narsani muhimlashtirdi. Shu sabab boshqa variantlarni qilib, tarozining bu pallasiga ham kichik toshlarni qo‘yib qo‘yish shart. Bu kabi insonlarning o‘ziga nisbatan ishonchi ham baland bo‘ladi. Shu bilan birga o‘ziga ishonchi baland bo‘lgan odamning o‘qishga kirish imkoniyati ham oshadi.