Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Alumni English Project in Bukhara : AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilini bepul o‘rganish imkoniyati

28.03.2022 23:54
Alumni English Project in Bukhara : AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilini bepul o‘rganish imkoniyati

Muddati:

02.04.2022

Rasmiy havola:

uz.usembassy.gov

Grant turi:

Malaka oshirish, Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Buxoroda “Alumni English” loyihasining yakuniy bosqichi boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. AQSh almashinuv kurslari bitiruvchilari haftasiga uch marta ikki xil ingliz tili kurslarini o‘tkazadilar, har bir dars bir yarim soat davom etadi.

Birinchi dastur, “Language in Use" ingliz tilini bilish darajasi intermediate darajadandan past bo‘lgan 14 yosh va undan kattalarga uchun mo‘ljallangan.

Ikkinchi dastur, “TOEFLiBT Preparation Course” intermediate darajadan yuqori boʻlgan 14 yosh va undan kattalarga uchun mo‘ljallangan. TOEFLga tayyorgarlik kursi AQSh kollejlari va universitetlariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan talabalarga ham yordam berishdan iborat.

Ushbu dasturlar "conversation, pronunciation and listening" ga alohida e’tibor qaratgan holda amaliy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Ingliz tilini mashq qilish va oshirishdan tashqari, siz Amerika Qo‘shma Shtatlardagi hayotni yaxshiroq tushunish uchun Amerika madaniyati haqida ham bilib olasiz.

Agar siz Buxoro shahridagi ushbu ingliz tili kurslaridan biriga yozilmoqchi bo‘lsangiz, 8-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan imtihonga ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatga olish talablari testlar davomida taqdim etiladi.

Eslatma: Boshlang‘ich darajadagi Language in Use kurslariga ro‘yxatdan BU YERDAN o‘ting. TOEFL iBT kurslar uchun BU YERDAN ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat: 02.04.200 23:59.

Kurslar 2022-yil 15-aprelda boshlanadi.