Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Southern Illinois University Edwardsville : Amerikada bakalavriat bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant orqali tahsil olish -barcha xarajatlar qoplanadi

23.09.2021 23:45
Southern Illinois University Edwardsville : Amerikada bakalavriat bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant orqali tahsil olish -barcha xarajatlar qoplanadi

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.siue.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Meridian stipendiyasi

Miqdori: To‘liq o‘qish xarajatlarini , boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni, va o‘quv qurollari xarajatlari qoplanadi;
Oxirgi muddat: 1 dekabr
Kimlar uchun: Bakalavriat (mahalliy) - birinchi kurs talabasi , bakalavr (Illinoys shtatida yashovchi) , bakalavr (xalqaro)

Umumiy ma’lumotlar:

Meridian stipendiyasi - Southern Illinois University Edwardsville (SIUE)tomonidan yuqori ko‘rsatkichga ega talabalarga ajratilgan akademik stipendiya. 2021 yil 1 -dekabrgacha quyidagi ma’lumotlar topshirilishi kerak :

Meridian Scholars program dasturiga qiziqqan talabalarga 1 -dekabrgacha kampusga tashrif buyurish va SIUE sizning akademik maqsadlaringizni bajarishda qanday yordam berishi mumkinligini bilish tavsiya etiladi .

2022 yil kuzi semestr uchun nomzodlarga qo‘yilgan talablar;

  • Qabul qilingan birinchi kurs talabalarning akademik ko‘rsatkichlari GPA 4.0 dan minimal 3.5 ;
  • Tanlangan nomzodlarning o‘rtachako‘rsatkichlari; GPA 3.92;
  • AQSh va chet ellik talabalar qatnashishi mumkin. Meridian stipendiyasi o‘qishni ko‘chirgan talabalar uchun mavjud emas.

Yuqoridagi mezonlarga javob beradigan va barcha hujjatlarni 1-dekabrga qadar topshirgan barcha abituriyentlarga 2022 yilning yanvar oyi oxirida ularning holati to‘g‘risida xabar beriladi.

Meridian stipendiyasi shartlari ni Pdf shaklda yuklab oling!

Qabul jarayoni va stipendiyalar haqida savollaringiz bormi? U holda rasmiy vakillar bilan bog‘laning.

Email: admissions@siue.edu
Tel: 800-447-SIUE
618-650-3705