Andijonda yangi institut ochiladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Prezidentning «Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, yangi institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi.
Qayd etilishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2024-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar chet tili o‘qituvchilarini Institut o‘quv jarayoniga jalb etilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Institutga:
- Institut huzurida professional tarjima qilish yo‘nalishida professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislari uchun to‘lov-shartnoma asosida mahalliy va xalqaro ekspertlarni taklif qilgan holda malaka oshirish (yoki intensiv malaka oshirish) kurslarini tashkil etishda;
- Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslarining yakuniga ko‘ra chet tili darajasini aniqlash bo‘yicha sertifikat olishlarida;
- Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, «El-yurt umidi» jamg‘armasi, homiylar va mahalliy hokimiyat ko‘magida TEFL/TESOL kurslarini tashkil qilishda;
- Institutga o‘qishga kirish maqsadida hujjat topshirib talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar orasidan ketma-ketlikka qat’iy rioya etgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi va abituriyent o‘rtasidagi kelgusi 5 yilda ushbu hududda ishlab berish sharti bilan imzolangan shartnoma asosida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratishda;
- Ta’limning magistratura bosqichida chet tillarni o‘qitishning xalqaro malaka sertifikatlariga (TKT, CELTA, DELTA va h.k) tayyorlov yo‘nalishlarini tashkil etishda ko‘maklashadi.