Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Avstraliya Milliy Universitetida xorijiy talabalari tahsil olishi uchun qisman hamda to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

20.10.2021 23:15
Avstraliya Milliy Universitetida xorijiy talabalari tahsil olishi uchun qisman hamda to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

11.02.2022

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.anu.edu.au

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura

Umumiy Malumotlar:

Avstraliyaning top universitetlari qatoriga kiruvchi Australia National Univeristy tomonidan xorijiy talabalarni o‘qitish uchun bakalavriatura hamda doktorantura bosqichlari uchun "ANU International Scholarship in Australia 2022" grant dastiri e’lon qilindi.

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bakalavriatura bosqichi talabalari 3 yilgacha mukofot bilan ta’minlab boriladi;
  • Doktorantura bosqichi talabalari esa 2 yilgacha mukofor bilan ta’minlanishadi;
  • 25-50% miqodorlarda kontrak miqdorlarida chegirmalar beriladi;
  • Nomzodlar universitet yotoqxonasi bilan 1 yil o‘qish davomida ta’minlab beriladi;

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Nomzodlar avvalambor Avstraliyaning viza talablariga mos kelishi zarur;
  • Nomzod bundan ilgari ushbu grant sohibi bo‘lmagan bo‘lishi zarur;
  • Nomzdolar universitetda tahsil olishni boshlashdan oldin univeristet tomonidan qabul xatiga ega bo‘lishlari so‘raladi;
  • Nomzodlar shu qabul xatini olgan yo‘nalishning talablariga mos kelishi zarur;
  • Har bir semestrning akadekim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi zarur ya’ni GPA 4.0 dan kam bo‘lmasligi kerak

Dastur uchun hujjat topshirish jarayoni ushbu sayt orqali 11-fevral 2022 yilga qadar onlayn davom etadi. Batafsil ma’lumotlar yuzasidan ushbu veb-sahifaga murojaat etishingiz mumkin.