Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Alvernia universiteti tomonidan $10 000 qiymatga ega xalqaro grant dasturi

28.02.2021 15:30
AQSH: Alvernia universiteti tomonidan $10 000  qiymatga ega xalqaro grant dasturi

Muddati:

01.05.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.alvernia.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Grant dasturi haqida qisqacha:

Alvernia universiteti yuqori malakali talabalarga xalqaro darajadagi ta’limni taqdim etish maqsadida International Envoy Scholarships grant dasturini taklif qiladi. Dastur ayni vaqtda 2021-2022 o‘quv yili uchun ochiq.

Grant dasturi Alvernia Universitetida bakalavriat dasturida o‘qishni istagan xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilgan.

Grant uchun ariza berish:

Dastlab, abituriyentlar universitetning bakalavr dasturlaridan biriga bu yerdan xujjat topshirishlari va dastur uchun qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, abituriyentlar dastur uchun onlayn ariza shaklini bu yerda to‘ldirishlari mumkin. Grant uchun zaruriy qolgan xujjatlar ro‘yxatini bu yerdan topishingiz mumkin.

Grantning manfaatli jihatlari:

Alvernia universiteti xalqaro miqyosdagi munosib talabalarga $10,000 mukofotini taqdim etadi va bu pul aynan universitetning o‘quv dasturi to‘lovini qoplash uchun ishlatilishi mumkin.

Tugash muddati: 2021-yil 1-may

Batafsil rasmiy saytda