Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

14.04.2023 13:46
AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti.

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

manba