Ayrim taʼlim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023-y.) ga ko‘ra:
Askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ushbu qarorda belgilangan tartibda oʻzining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;
Mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi.