Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Astrum” IT da tahsil olish uchun grant imkoniyatlari

10.11.2021 23:45
“Astrum” IT da tahsil olish uchun grant imkoniyatlari

Muddati:

14.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

Dunyoda IT sohasining rivojlanishini koʻrib, bizda ham barcha sharoitlarga ega, zamonaviy IT markazlar boʻlishi albatta judayam quvonarli. Yaqinda mana shunday zamonaviy “Astrum” IT akademiyasi Toshkent viloyatida oʻz faoliyatini boshladi. Bu akademiya 42-maktab gʻoyasi ruhida tashkil topgan. Bunday akademiyaning faoliyat boshlashi yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

O‘zbekistonda koʻpchilik iqtidorli, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlar ushbu akademiyada oʻqish uchun murojaat qilishdi. “Astrum” IT akademiyasi bilan kelishgan holda ularga grant ajratilgan bo‘lib Mikrokreditbank va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ham bu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Aynan shu maqsadda 1 500 000 000 soʻm mablagʻ ajratib, 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishni koʻzda tutuvchi yangi loyihani “Metsenat” bilan hamkorlikda e’lon qilingan. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun @yoshlargrant_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 14-noyabr kuni yakunlanadi.

Umid qiliamizki, bu akademiyada oʻqigan yigit-qizlarimiz kun kelib, dunyo miqyosidagi yirik loyihalarni amalga oshiradigan, oʻzlaridan iz qoldiradigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishadi.