Avstraliya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun 100% lik grant
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Universitet va grant dasturi haqida:
Viktoriya universiteti - bu Melburnda joylashgan jamoat tadqiqot universitetidir. Universitet 2021-yilda THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan xalqaro universitetlar reytingida #351-400-o‘rinni egallagan bo‘lib, yuqori sifatli va innovatsion-amaliy ta’lim tizimi bilan dunyo universitetlari bilan bemalol raqobat qila oladi.
Endi esa ushbu universitet tomonidan magistratura bosqichida ta’lim olish niyatida bo‘lgan xalqaro talabalar uchun ajratilgan MASTER’S BY RESEARCH SCHOLARSHIPS grant dasturi borasida OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz!
Grant dasturi kimlar uchun?
- Barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro nomzodlar uchun.
Muvofiqlik talabi:
- Grant dasturiga ariza bera olish uchun nomzodlar avvalo universitetning magistratura (by research) bosqichi kurslaridan istalgan biriga qabul qilinishlari kerak.
Magistratura bosqichi uchun ariza topshirish jarayoni:
- Nomzodlar BU YERDAN universitetning onlayn portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘zlari istagan magistratura kursi uchun onlayn ariza to‘ldirishlari kerak;
- Grant dasturi uchun O‘QISHGA QABUL QILINGAN talabalarning nomzodliklari avtomatik ko‘rib chiqiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi;
- Diplom ilovalari va baho ko‘rsatkichlari (Ingliz tilida bo‘lmasa tarjima qilingan holatda);
- Amaldagi pasport nusxasi;
- Tibbiy sug‘urta;
- Quyidagi natijalardan past bo‘lmagan ko‘rsatkichdagi ingliz tilini bilish sertifikatlaridan biri:
- IELTS – 6.5
- TOEFL IBT – 79
- PTE – 58-64
- CAE – 176
- EAP – Level 6
Eslatma: Grant dasturi uchun nomzodlarning GPA ko‘rsatkichlari o‘rtachadan yuqori bo‘lishi kerak!
Dasturning manfaatli tomonlari:
Viktoriya universiteti grant uchun tanlangan nomzodlarni o‘qish to‘lovidan 100% ozod qiladi, 10 000 Avstraliya dollarigacha (taxminan 7777 AQSh dollari) bo‘lgan gonorar ajratadi va 3350 Avstraliya dollari (taxminan 2600 AQSh dollari) miqdoridagi nomzodlik byudjetini taqdim etadi.
Qabul tugash muddati:
- 1-oktyabr 2021-yil