Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Avstraliya: Sidney Texnologiya Universiteti - bakalavr bosqichini IT yo‘nalishida o‘qish uchun to‘liq grant

17.04.2021 07:55
Avstraliya: Sidney Texnologiya Universiteti - bakalavr bosqichini IT yo‘nalishida o‘qish uchun to‘liq grant

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.uts.edu.au

Universitet va grant borasida qisqacha:

Sidney Texnologiya Universiteti - davlat-tadqiqot universiteti. Ushbu oliygoh Avstraliyaning birinchi raqamli yosh universiteti, yetakchi tadqiqotlar va ilhomlantiruvchi ta’lim orqali o‘z talabalarini yuksak natijalarini ta’minlashni maqsa qilgan dargohdir. THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida universitet #160-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan ayni vaqtda e’lon qilingan Bachelor of Information Technology Cooperative Scholarship at UTS nomli grant dasturi xalqaro talabalarni IT yo‘nalishida bakalavr darajasini tugallashlari uchun moddiy ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Grant uchun kimlar ariza bera oladilar?

  • Grant uchun barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin;
  • Nomzodlar bakalavr bosqichida IT (Bachelor’s of Information Technology) yo‘nalishiga qabul qilingan bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlar 12 yillik ta’limni tamomlagan bo‘lishlari kerak.

Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Dastlab bu yerdan universitetning IT yo‘nalishi bakalavr dasturiga onlayn ariza to‘ldirishingiz kerak (bu yerda ariza berish jarayoni yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing);
  2. Bachelor of Information Technology Cooperative Scholarship at UTS grant dasturi va unga qanday ariza topshirish borasida o‘tkaziladigan onlayn vebinar uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting;

Kerakli hujjatlar:

  1. Nomzodlardan 12 yillik ta’limni tamomlaganlik hujjatlari talab etiladi (maktab shahodatnomasi va kollej yoki litsey diplomi). Bu borada savollaringiz bo‘lsa bu yerga murojaat qilish orqali javob olishingiz mumkin;
  2. Rezyume;
  3. Til sertifikati - IELTS 6.5 (har bir bandi 6.0 dan kam bo‘lmasligi kerak);

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant uchun tanlangan nomzodlar IT yo‘nalishi bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘lov pulini to‘lashdan ozod etiladilar.

Dastur borasida rasmiy video yoriqnomani bu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda