Grantlar

Insholar tanlovi: umumiy mukofot jamg‘armasi $35.000 pul mukofoti bo‘lgan Berkeley Undergraduate Prize insholar tanlovi

Insholar tanlovi

441 ko'rish

Insholar tanlovi: umumiy mukofot jamg‘armasi $35.000 pul mukofoti bo‘lgan Berkeley Undergraduate Prize insholar tanlovi

Kaliforniya universiteti arxitektura bo‘limi tomonidan Berkli ekologik dizayn kollejida arxitekturani ijtimoiy san’at sifatida o‘rganishni rag‘batlantirish maqsadida Berkeley Undergraduate Prize ta’sis etilgan. Har yili insholar tanlovining markaziga aylanadigan odamlar va qurilgan dunyoning o‘zaro ta’sirini tushunish uchun muhim bo‘lgan mavzu tanlanadi.

Arxitekturani o‘rganishga bag‘ishlangan har qanday akkreditatsiyadan o‘tgan bakalavr dasturiga yozilgan talabalar ingliz tilida 500 so‘zli insho topshirishlari kerak, insho tanlov mavzusiga javob berishi kerak. Malakali talabalar tegishli san’at va ijtimoiy fanlar dasturlari talabalari bilan birlashib, ikki kishilik guruhlarga ariza topshirishlari mumkin.

Umumiy joylangan ishlardan eng yaxshi 25-38 tasi saralab olinadi. Tanlangan Talabalar yarim-finalga yo‘l olishadi va 2500 so‘zdan iborat insho yozishlari kerak bo‘ladi. Ushbu bosqichda eng yaxshi 5 yoki 8 ta ish saralab olinadi va hakamlar hay’atiga topshiriladi.

Mavzu: You have been asked to design a housing project for the disadvantaged in your local community. What do you need to know to insure that your design will both reflect the lives and aspirations of those for whom you design and for the project to be a proud, long-term addition to the fabric of your community??

Mukofotlar:

  • Umumiy mukofot - 35000 dollar;
  • Birinchi o‘rin uchun mukofot - 7500 dollar;
  • Qolgan pullar hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra taqsimlanadi.

Talablar:

  • Barcha arizalar 2 kishilik guruh tomonidan topshirilishi kerak;
  • Insholar ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar 2021-yil 15-sentyabr holatiga ko‘ra bakalavrning arxitektura yo‘nalishi talabasi (hech bo‘lmaganda bitta nomzod) bo‘lishi lozim;

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: info@berkeleyprize.org.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish