Biologiya va kimyo fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, biologiya va kimyo fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Biologiya o‘qitish metodikasi
- Biologiya (turlari bo‘yicha)
- Tuproqshunoslik
- Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
- Biotibbiyot muhandisligi
- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
- Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
- Bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
- Vinochilik texnologiyasi
- Konservalash texnologiyasi
- Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
- O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
- Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
- Ipakchilik va tutchilik
- Mevachilik va uzumchilik
- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
- O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
- O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash
- Agrobiotexnologiya
- Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Veterinariya farmatsevtikasi
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
- Veterinariya sanitariya ekspertizasi
- Davolash ishi
- Pediatriya ishi
- Tibbiy profilaktika ishi
- Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
- Oliy hamshiralik ishi
- Harbiy tibbiyot
- Tibbiy-biologik ish
- Bolalar stomatologiyasi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik