Bir kunning o‘zida 76,4 ming abituriyent test topshiradi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi. Bunda:
- bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar;
- bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlari barcha hududlarda 1-avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.