Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo‘llash mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Sinov muddati uzog‘i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.
✅ Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda):
- homilador ayollar;
- uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
- korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.
❗️Bundan ko‘rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo‘l qo‘yilmaydi.