Tanlov: Umumiy sovrin jamg‘armasi 15 million so‘m bo‘lgan hikoyalar tanlovi e’lon qilindi
Muddati:
01.07.2021
Rasmiy havola:
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
TANLOV TAFSILOTLARI:
- Tanlov nomi: "Biz bilmagan hikoyalar"
- Davlat: O‘zbekiston
- Kimlar uchun: Barcha yoshdagi nomzodlar uchun
TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Ushbu tanlovda yosh va jinsidan qat’i nazar, barcha professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
TANLOV SHARTLARI QUYIDAGICHA:
- tanlov uchun yuborilgan hikoya hayotda sodir bo‘lgan voqealar va real shaxs-qahramonlarga asoslanishi (tamoman badiiy to‘qima mahsuli bo‘lmasligi);
- avval hech bir ommaviy axborot vositasida e’lon qilinmagan bo‘lishi;
- «Bu hikoyaga ishonish qiyin... Ammo haqiqat!» degan fikrni aks ettirishi;
- hikoya A4 formatdagi qog‘oz satrida, 1,5 qator oralig‘ida, Times New Roman 12 shrift kattaligida yozilgan bo‘lishi va 5 sahifadan oshib ketmasligi;
- hikoya matni tahrirtalab bo‘lmasligi, imloviy va uslubiy xatolardan holi bo‘lishi;
- hikoyani o‘z ichiga olgan Word faylining nomi muallifning ism-familiyasi bilan atalgan bo‘lishi;
- hikoyaning so‘nggi sahifasida muallifning ismi-familiyasi, manzili, telefon raqami hamda o‘zi haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan bo‘lishi lozim.
YUBORISH MANZILI:
- Hikoyalar 2021 yil 30 iyun kech soat 12:00ga qadar ovozlimaqolalar@gmail.com elektron pochta manziliga jo‘natilishi lozim.
Eslatma: Yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga javob bermaydigan hikoyalar tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Bir muallif birdan ortiq hikoya bilan ishtirok etishi mumkin.
TANLOV G‘OLIBLARI QANDAY ANIQLANADI?
Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan hikoyalar taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlardan tashkil topgan hay’at tomonidan aniqlanadi.
TANLOV NATIJALARI QAYERDA E’LON QILINADI?
Tanlov natijalari Abdukarim Mirzayevning rasmiy telegram sahifasi (http://t.me/Abdukarim_mirzayev_tv) hamda YouTube ijtimoiy sahifalarida (https://www.youtube.com/channel/UCQJ6VyqVtkRMjgMK3WmNZNw?sub_confirmation=1) e’lon qilinadi.
TANLOV G‘OLIBLARI QANDAY TAQDIRLANADI:
1-o‘rin – 5 mln so‘m (1 nafar g‘olib)
2-o‘rin – 3 mln so‘m (1 nafar g‘olib)
3-o‘rin – 2 mln so‘m (1 nafar g‘olib)
Shuningdek, efir uchun loyiq deb topilgan har bir hikoya uchun 300 ming so‘m miqdorida qalam haqi (gonarar) to‘lanadi.
«TOMOSHABINLAR E’TIROFI» NOMINATSIYASI
Yuqoridagi uch o‘rindan tashqari, hikoyasi efirda o‘qib eshittirilgan muddatdan e’tiboran, bir oy davomida eng ko‘p tomosha qilingan videomahsulot uchun asos bo‘lgan hikoya muallifi «Tomoshabinlar e’tirofi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topiladi va 5 mln so‘m pul mukofot bilan tadrilanadi.