Biznes oliy maktabi magistraturasida sirtqi ta’lim tashkil etiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasida sirtqi ta’limni tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Tartib “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oliy maktabda sirtqi ta’lim Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.
Sirtqi ta’lim masofaviy ta’lim texnologiyasini qo‘llagan holda sirtqi shaklda olib boriladi.
Tartib faqat oliy maktab magistratura mutaxassisliklariga nisbatan tatbiq etiladi.
Sirtqi ta’limga tinglovchilarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 iyuldagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Sirtqi ta’limda o‘qish muddati:
- 5A230302 – Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) mutaxassisligi bo‘yicha 2 yil;
- 5A230203 – Loyiha boshqaruvi (Project management – PM) mutaxassisligi bo‘yicha 1,5 yil.
Sirtqi ta’limga qabul qilingan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda plastik karta ko‘rinishiga ega bo‘lgan, ularning oliy maktab talabasi ekanligini tasdiqlovchi ID kartalar beriladi.
Sirtqi ta’lim tinglovchilarini o‘quv adabiyotlar va o‘quv materiallar bilan oliy maktab ta’minlaydi va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Sirtqi ta’lim tinglovchilari oliy maktabning barcha o‘quv jihozlari, auditoriyasi, axborot-resurs markazlari (kutubxona) hamda o‘quv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan bepul foydalanadilar.
Sirtqi ta’lim tinglovchilarini tinglovchilar safidan chetlashtirish va o‘qishini qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy maktab buyrug‘i asosida tinglovchilikka qabul qilingan tinglovchilar bir mutaxassislik doirasida sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga o‘qishlarini ko‘chirishlari mumkin, biroq sirtqi ta’limning bir mutaxassisligidan ikkinchisiga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.