Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Buxarestda xalqaro yozgi maktab!

13.04.2022 12:17
Buxarestda xalqaro yozgi maktab!

Muddati:

02.06.2022

Davlat:

Ruminiya

Rasmiy havola:

bsu.ase.ro

Grant turi:

Konferensiya

Ruminiyada yozgi maktab.

Qayerda: Buxarest, Ruminiya.
Qachon: 2022-yil 14-28-avgust.
Toʻliq va qisman qoplanadigan stipendiyalar mavjud.

Har yili Buxarestda o‘tkaziladigan xalqaro yozgi maktab butun dunyodan talabalarni iqtisodiyot sohasidagi turli mavzularni muhokama qilish uchun jamlaydi. Maktab 2022-yilning 14-28-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Dunyo boʻylab yetakchi universitetlar va kompaniyalarning maʼruzachilari va professorlari bilan birgalikda 40 dan ortiq ishtirokchilar Buxarest Iqtisodiy tadqiqotlar universiteti kampusida 2 hafta, shu jumladan bir qo‘shimcha dam olish kunini oʻtkazadilar.

Bu yilgi mavzu - Fintech: moliyaviy xizmatlardagi qiyinchiliklar.

Buxarest yozgi maktabi xalqaro madaniy va akademik tadbir boʻlib, asosiy maqsadi umumiy akademik qadriyatlarni targʻib qilishdan iborat va iqtisodiy masalalar hamda tegishli sohalarga qaratilgan.

Hujjat topshirish uchun:
- Ariza shaklini to‘ldiring;
- Rezyume;
- Motivatsion xat.

So‘nggi muddat: 2-iyun, 2022-yil.

Batafsil.