Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil imtihonda abituriyentlarga nechta savol tushadi?

12-aprel 11:15
Bu yil imtihonda abituriyentlarga nechta savol tushadi?

2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

  • har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
  • har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
  • maksimal ball — 33 ball.

1-mutaxassislik fani bo‘yicha:

  • test topshiriqlari soni — 30 ta;
  • har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
  • maksimal ball — 93 ball.

2-mutaxassislik fani bo‘yicha:

  • test topshiriqlari soni — 30 ta;
  • har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
  • maksimal ball — 63 ball.

Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.