Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi

21.12.2022 19:29
2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun imtihon fanlari majmuasi tasdiqlandi

Fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

Vazirlikning eslatishicha, 2023/2024 o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.