Bu yil respublikamizning 14 ta oliygohi Osiyodagi TOP-1000 talikdan joy oldi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e’lon qildi.
Oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilmoqda. 2030-yilgacha oliy ta’lim tashkilotlarini dunyoning TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritishda ushbu reytinglardan o‘rin egallash muhim hisoblanadi.
2024-yilda Osiyoning eng yaxshi oliygohlari “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro‘yxatida respublikaning 6 ta hududidan 14 ta oliygoh yuqori o‘rinlarda qayd etildi, bunda 6 ta oliygoh reytingdan ilk bor o‘rin egalladi.
“QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” | ||||
№ | OTM | 2023 | 2024 |
|
1. | “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) | 301-350 | 249 |
|
2. | O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) | 351-400 | 301-350 |
|
3. | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) |
| 401-450 |
|
4. | Toshkent davlat texnika universiteti | 551-600 | 501-550 |
|
5. | Samarqand davlat universiteti | 601-650 | 601-650 |
|
6. | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
| 651-700 |
|
7. | Toshkent davlat agrar universiteti | 601-650 | 651-700 |
|
8. | Toshkent moliy instituti | 551-600 | 701-750 |
|
9. | Jizzax politexnika instituti |
| 751-800 |
|
10. | Namangan muhandislik-texnologiya instituti |
| 751-800 |
|
11. | Toshkent davlat pedagogika universiteti | 701-750 | 751-800 |
|
12. | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
| 801+ |
|
13. | Qoraqalpoq davlat universiteti | 701-750 | 801+ |
|
14. | Farg‘ona politexnika instituti |
| 801+ |
|
Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.
Bunda O‘zbekistonning 3-ta O‘zMU, “TIQXMMI” MTU, TDIU oliygohlari “Akademik reputatsiya” indikatori bo‘yicha “TOP-200” oliygohlar qatoridan o‘rin egalladi. O‘zMU “Akademik reputasiya” bo‘yicha nisbatan etakchi bo‘lib, 135-o‘rinda qayd etildi. Mazkur indikator bo‘yicha 7 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilashga erishgan. “Ish beruvchilar o‘rtasidagi reputasiya” indikatori bo‘yicha “TIQXMMI” MTU 208-o‘rin, “Professor-o‘qituvchilar va talabalar nisbati” indikatori bo‘yicha 124-o‘rinni egalladi.
Xalqaro reytinglarda ilmiy-tadqiqotlar rivoji respublika OTMlarining egallagan o‘rnini yaxshilashda asosiy imkoniyatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. “TIQXMMI” MTU respublikada “ilm-metrik” ko‘rsatkichlar, jumladan bitta maqolaga nisbatan iqtiboslar soni bilan o‘lchanuvchi ilmiy ishlarning ta’sir doirasi (mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Osiyo oliygohlari orasida 768-o‘rin) va bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi ilmiy maqolalar soni bilan o‘lchanuvchi ilmiy-tadqiqot samaradorligi (mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Osiyo oliygohlari orasida 615-o‘rin) bo‘yicha etakchi sifatida qayd qilindi. O‘zMU respublikada xalqaro ilmiy kollaborasiyalar bilan hamkorlik bo‘yicha nisbatan faol OTM sifatida qayd qilingan bo‘lib, “Xalqaro ilmiy kollaborasiyalar indeksi” indikatori bo‘yicha 578-o‘rinni egalladi. Shuningdek, “TIQXMMI” MTU “Ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi” indikatori bo‘yicha respublika OTMlari orasida etakchi bo‘lib, 376-o‘rinni egalladi. O‘zMU “Xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi” bo‘yicha mintaqaviy reytingda yuqori natijani qayd qilgan bo‘lsa (90-o‘rin), TDIU “Xorijiy talabalar ulushi” bo‘yicha mintaqaviy reytingda 130-o‘rinda qayd qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston OTMlari professor-o‘qituvchilarining birinchi va ikkinchi kvartil ilmiy jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalari bo‘yicha joriy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, nashr faolligini rag‘batlantirish va ilmiy maqola yozish malakalarini oshirish orqali OTMlarning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar muhim o‘rin tutmoqda.
Manba: Axborot xizmati