Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘qishga kira olmay, siqilib yurganlarga maslahatim

Bugun, 07:48
O‘qishga kira olmay, siqilib yurganlarga maslahatim

Hech qachon kech emas: Har bir insonning vaqti o‘zida

Hayotda har bir insonning muvaffaqiyat sari yo‘li turlicha bo‘ladi. Kimdir 20 yoshida katta yutuqlarga erishsa, boshqasi 60 yoshida o‘z orzularini amalga oshiradi. Muhimi, vaqt bilan bellashmaslik va o‘z yo‘lingizda harakatni davom ettirishdir.

Yosh chegarasi – faqat raqam

  • Barak Obama 45 yoshida nafaqaga chiqdi.

  • Donald Tramp esa 70 yoshida prezident bo‘ldi.

  • Tatum Onel 10 yoshida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi,

  • Jevess Plemens esa 94 yoshida.

  • Bill Gates 20 yoshida Microsoftni yaratdi.

  • Harland Sanders 65 yoshida KFC’ni ochdi.

  • Mark Zuckerberg 23 yoshida milliarder bo‘ldi,

  • Uorren Baffet esa 56 yoshida o‘zining eng katta boyligiga erishdi.

Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, hayotdagi yutuqlarni erishish uchun qat’iy yosh chegarasi yo‘q.

Rumiyning hikmati: hamma narsaning o‘z vaqti bor

Mavlono Jaloliddin Rumiy shunday deydi:

"Na gul vaqtidan avval ochiladi, na quyosh vaqtidan erta chiqadi. Kutgin! Seniki bo‘lgan narsa albatta senga keladi."

Demak, ortiqcha shoshilinchlik faqat bezovtalik keltiradi. Sizdan talab qilinadigan narsa – sabr va izchil harakat.

Xulosa

Muvaffaqiyat yosh bilan o‘lchanmaydi. Muhimi, o‘zingizga bo‘lgan ishonch va tinimsiz harakatdir. Har bir insonning vaqti o‘zida keladi. Shunday ekan, hech qachon o‘zingizni birov bilan solishtirmang va orzularingiz sari izchil qadam tashlang.