Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bugun 11-sinf o‘quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin

06-oktabr 10:57
Bugun 11-sinf o‘quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 10:00dan 19:00 ga qadar 11-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalar o‘tkaziladi.

✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.