Buxoroda Hindiston universiteti filiali ochilishi mumkin

11.12.2020 00:44
Buxoroda Hindiston universiteti filiali ochilishi mumkin
"Registon" o’quv markazida 600 dan oshiq malakali Ustozlar dars berishadi.
– Registon ta'lim loyihasi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligi va Hindistonning Rajaston shtatidagi Jaypur Manipal universiteti o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi.

Unda Jaypur Manipal universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Ajay Sharma Buxoro viloyatida universitetning bo‘limini ochish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va o‘zaro talaba almashish dasturlari doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini qayd etdi.

Shu bilan birga, hind tomoni muzokaralarni davom ettirish maqsadida Manipal universiteti rahbariyati, o‘qituvchilari, talabalari va Rajaston shtati tadbirkorlaridan iborat guruh bilan pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar yumshatilganidan keyin Buxoroga tashrif buyurish istagini bildirdi.

Jaypur Manipal universiteti Manipal universitetlari guruhi (Hindiston) tarkibida 2011 yilda tashkil etilgan va hozirgi kunda ushbu oliy ta’lim muassasasida muhandislik, arxitektura, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari, menejment, tijorat, dizaynerlik, tasviriy san’at, mehmonxona xizmatlari, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, huquqshunoslik va gumanitar fanlar yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlamoqda