Piza universiteti (Università di Pisa) — Italiyaning Piza shahrida joylashgan bo‘lib, Yevropaning eng qadimiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi XI asrga borib taqaladi. Muassasa 1343 yilning 3 sentabr kuni universitet maqomini olgan. Fakultetlar soni 11 ta, talabalari esa 57 mingdan ortiq.