Grantlar

CABAR.asia Qozog‘istonda bo‘ladigan 4-analitika maktabida qatnashish uchun tanlov, barcha xarajatlar qoplanadi

Olmaotada bo‘ladigan analitika maktabida qatnashish

333 ko'rish

Yangilangan:

CABAR.asia  Qozog‘istonda bo‘ladigan 4-analitika maktabida qatnashish uchun tanlov, barcha xarajatlar qoplanadi

Central Asian Bureau for Analytical Reporting (CABAR.asia) Markaziy Osiyo analitik hisobot byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy tahliliy, axborot va ta’limga oid platforma hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi jurnalistik tahlilni rivojlantirish, yangi ommaviy axborot vositalari bo‘yicha treninglar o‘tkazishdan iborat. Urush va tinchlik institutining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (IWPR CA) Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning yosh tadqiqotchilariga CABAR.asia 4-analitika maktabida qatnashish uchun arizalar qabul qilinishi boshlanganini e’lon qiladi.

Maktabning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlarining dolzarb mavzulari va muammolari bo‘yicha tahliliy nashrlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini oshirish.

Dastur davomida o‘rgatiladi:

  • Tahliliy maqolalar yozish;
  • Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun qanday vositalardan foydalanish kerak;
  • Tahlil sohasida sun’iy intellektni qo‘llash;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish vositalari bilan tanishish;
  • Analitik maqolalarni qanday samarali targ‘ib qilish mumkin.

Nazariy qismdan tashqari, siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi amaliyotchilar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Trener sifatida Yevropa, MDH va Markaziy Osiyoning taniqli jurnalistlari va siyosiy ekspertlari ishtirok etishadi.

Dastur 15-20-noyabrda Olmaotada bo‘lib o‘tadi. Pandemiya holatidan kelib chiqib o‘tkazilish tartibi o‘zgarishi mumkin.

Dastur davomida barcha xarajatlar qoplanadi. Darslar rus tilida bo‘lib o‘tadi.

Talablar:

  • Nomzod 21-40 yosh orasida bo‘lishi;
  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
  • Ijtimoiy fanlar (siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisod, jurnalistika) yoki boshqa tegishli sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lishi;
  • Davlat, xalqaro, notijorat tashkilotlari yoki ommaviy axborot vositalarida ish tajribasi ustunlik beradi;
  • Markaziy Osiyo mintaqasi muammolari bo‘yicha mavzular va tadqiqotlarga qiziqishi;
  • 2021-yil noyabr oyida dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Saralash 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1-bosqichda ishtirokchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar va quyidagi ma’lumotlarni yuklaydilar:

  • CV/tarjimayi hol(bir betdan oshmasligi lozim);
  • 250 so‘zdan iborat motivatsion xat;
  • Dastlabki rejalari bo‘lgan tahliliy maqola uchun ikkita mavzu (1 sahifadan oshmasligi kerak, rejalarda muammo, dolzarblik, qisqa tuzilishga ega bo‘lishi, dastlabki tavsiyalar va xulosalar bo‘lishi kerak);
  • Chop etilgan tahliliy materiallarga havolalar berilishi lozim (agar mavjud bo‘lsa);

Saralanganlar 2-bosqichda interyu topshiradilar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel: +996 552 322815,

Telegram: +7 988 365 81 68

Email: sergey@iwpr.net

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish