Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kanadaning Toronto universitetida bepul o‘qish uchun grant dasturi

16.09.2021 22:25
Kanadaning Toronto universitetida bepul o‘qish uchun grant dasturi

Muddati:

30.11.2021

Davlat:

Kanada

Rasmiy havola:

future.utoronto.ca

Grant turi:

Bakalavriatura

The Lester B. Pearson International Scholarships - Kanadaning Toronto universiteti tomonidan xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan grant dasturi hisoblanadi. Grantlar dasturi har tomonlama faol va iqtidorli, qolaversa, o‘z maktabida yetakchi sifatida e’tirof etilgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturga qabul qilishda nomzodning o‘z maktabi va jamiyat hayotiga ta’siri va kelajakdagi jahon hamjamiyatiga qo‘sha oladigan hissasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali tomonlari:

  • Universitetda kontrakt to‘lovlarsiz o‘qish imkoniyati;
  • Barcha kitob va favqulodda vaziyatlar uchun pul mablag‘i;
  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi

Talablar:

  • Nomzodlar Kanada fuqarosi bo‘lmasligi kerak
  • Maktabning so‘nggi sinfida o‘qiyotgan yoki 2021-yil iyun oyidan keyin tamomlagan bo‘lishi;
  • Toronto universitetiga qabul qilingan bo‘lishi va 2022-yil sentyabrda o‘qishni boshlashi lozim.

Hujjat topshirish jarayoni:

  • Nomzodning maktabidan Toronto universitetida o‘qishga qabul qilinishi uchun tavsiyanoma;
  • Toronto universitetiga ariza topshirishi va qabul qilinishi;
  • Universitetga qabul qilingandan so‘ng ushbu grant uchun ariza topshirishi mumkin bo‘ladi

Universitetga ariza topshirish so‘nggi muddati 2021-yil 14-dekabr.

Grant uchun ariza topshirishning so‘nggi sanasi 2022-yil 17-yanvar.

ESLATMA! Nomzodlar 2021-yil 30-noyabrga qadar maktabdan tavsiyanoma qabul qilgan va uni universitetga topshirgan bo‘lishi lozim.

Dastur haqida batafsil shu link orqali bilib olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun pearson.scholarship@utoronto.ca